Men haqimda

Xush kelibsiz! Ismim G’iyosiddin. Germaniyada, LEAG AG kompaniyasida OT-Xavfsizlik tahlilchisi (OT-Security Analyst) bo’lib ishlayman. LEAG AG — elektr stansiyalarini boshqaruvchi, mamlakat kritik infratuzilmasiga xizmat qiluvchi yirik kompaniya.

Ish faoliyatim OT/ICS (sanoat boshqaruv tizimlari) xavfsizligi, tarmoq arxitekturasi, ISO 27001 standartiga asoslangan ISMS muvofiqligi, SOC tahlilchisi sifatida tarmoq va endpoint monitoringi, hamda penetratsion testlash (pentest) sohalarini qamrab oladi. Shu bilan birga, Active Directory va Windows infratuzilmalarini xavfsizlik nuqtai nazaridan tekshirish bo’yicha amaliy bilimlarim mavjud.

Texnik ishlarim bilan bir qatorda, o’zbek tilida so’zlashuvchi yoshlarga kiberxavfsizlik sohasini o’rgatish men uchun katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda kiberxavfsizlik bo’yicha bootcamp va kurslar tashkil qilaman, SOC tahlilchisi bo’lishni istaganlar uchun amaliy bilim va ko’nikmalar beraman.


Aloqa uchun: admin@giyosiddin.com