Black Hat Konferensiyasi

2–3 minutes

–

498 words

Mana bu yerda Black Hat tadbiridan ba’zi lavhalarni ko’rishingiz mumkin.

Keling sizlarga Black Hat qayerda bo’ladi qanday ro’yhatdan o’tiladi, mana shu jarayon haqida aytib beraman. Bir paytlar bu konferensiyaga borish menga orzu bo’lgan. Lekin siz men ko’rsatadigan yo’l-yo’riqlar bilan osonroq borish yo’llarini qo’lga kiritasiz. Siz maqsad qilib daftarga yozib qo’ying, bir kun kelib u yerga qanday borib qolganingizni o’zingiz ham bilmay qolasiz agar borish nasib qilgan bo’lsa 🙂

Black Hat asosiy website: Black Hat – Global Cybersecurity Events & Training. Shu yerdan hozir va kelajakda bo’ladigan barcha tadbirlar ro’yhatini olishingiz mumkin.

Ko’rishimiz mumkinki, bu AQSH, Yevropa, Osiyo, Kanada (SecTor), Hindiston, O’rta Sharq va Afrika davlatlarida tashkil qilinadi. Agar siz to’liq ishda ishlaydigan bo’lsangiz, u yerga borishni kompaniyangizdan to’lovlarini qoplab berishini iltimos qilishingiz mumkin. Chunki ba’zi kompaniyalar aynan konferensiyalar uchun alohida pul ajratadi va ularning rivojlanishiga hissa qo’shadi.

Endi keling, hamyonbop va balki tekin bo’lgan qiziqroq qismiga o’tamiz. Birinchi AQShdan boshlaymiz. Ko’rib turibsizki bu yerda 4 xil tarif mavjud.  Bu tariflar deyarli hammasida bir xil, ba’zi xususiyatlari va boshqa qo’shimchalari bilan biroz farq qilishi mumkin.

Tabiiyki, bu juda qimmat va agar biz biznes odami yoki yig’ib qo’ygan jamg’armamiz bo’lmasa, bu tariflarga qarab ham o’tirmaymiz. Lekin keling talabalar uchun qandaydur imkoniyatlari bormikan buni ko’ramiz. Imkoniyat bor, lekin bu narx ham yaxshigina qimmat. Bizga to’g’ri kelmaydi.

Lekin biz kayfiyatni tushirmagan holatda mana bu qismiga kelib o’zimizga kerakli narsani topishga harakat qilsakchi? Ko’rib turibsizki, Scholarship degan qismi mavjud.

Demak bizda grant yutish imkoniyati mavjud. Saytda yozilishicha cheklangan miqdordagi talabalarga bu grant beriladi. Sizdan talab qilinadigan narsalarni quyida ko’rishingiz mumkin. Bu yerda batafsil yozilmagan, lekin qachonki ro’yhatdan o’tishni boshlasangiz, sizdan albatta oldingi bo’lib o’tgan tadbirdan nimalarni o’rganganingizni so’raydi.

Uni topish juda oson, shunchaki Google ga Black Hat 2025 Sessions/Trainings deb yozasiz kelib chiqadi. Uni ba’zilarini ko’rib chiqib, xulosalaringizni yozishingiz kerak bo’ladi kichikroq paragraf ko’rinishida. Shu bilan sizga 1-2 oyda qabul qilinganingiz yoki qilinmaganingiz haqida email keladi.

Keling endi Yevropada bo’ladigan Black Hat ni ham bir qator tekshiramiz. Tariflar o’sha-o’sha, lekin narxlar biroz boshqacha va yoqimli.

Lotoreya yutdik desak ham bo’laveradi. Londonda bo’lib o’tadigan Black Hat 2026 talabalar uchun bepul chiptani taqdim qilmoqda ekan. Bu $2000 turadigan biletni shunchaki tekinga qo’lga kiritish degani :). Shunchaki ro’yhatdan o’ting, vizaga topshiring va Black Hatda qatnasish imkoniyatiga ega bo’ling. Moliyaviy tomoni ko’tarsangiz, albatta borishni maslahat beraman.

Sizlarga yana xushxabar aytaymi? Saudi Arabistonida bo’ladigan Black Hat 2026 ham talabalar uchun bepul 🙂

P.S. Imkon bo’lsa albatta boring. Yangi bilimlar olasiz, do’stlar va tanishlar orttirasiz. Shuning bilan birgalikda yangi davlatni kashf etasiz va madaniyatini o’rganasiz. Agar hozir bora olmaysizmi, shunchaki yozib niyat qilib qo’ying, nasib qilgan bo’lsa borasiz albatta. O’tkan yili bizning yurtimizdan ham bir qancha vatandoshlar borib CTF musobaqalarida qatnashib yaxshi o’rinlarni olib qaytishgan. Maqsad nima, izlanish, imkon qidirish, bilimlarni yaxshi egallab, yangi tajribalarni boshdan o’tkazish. Kiberxavfsizlik sohasida ketish niyatingiz bo’lsa, Black Hat va shunga o’xshash konferensiyalarda nutq so’zlashni maqsad qilib qo’ying. Hammani ham arizasi bu yerda qabul qilinmaydi. Muhimi maqsad bo’lsa inson keyin shu yo’l tomon harakatlanadi.  

Foydali Manbalar: