Hayotda biror narsaga erishish uchun biz o’zimizda bir qancha yumshoq ko’nikmalarni rivojlantirishimiz kerak bo’ladi. Bu yerda Paretto qoidasi (80/20) ishlaydi desam noto’g’ri bo’lmaydi. Negaki 20% zo’r yumshoq ko’nikmalar bilan siz 80% lik ajoyib natijani qo’lga kiritishingiz mumkin. Sizlarga eng muhimlarini quyida keltirib o’taman:

- Communications skills: Muloqot qilishni yaxshi bilgan inson o’qishda, ishda, uyda, do’stlar davrasida, hamkasblar yonida qiynalmaydi va shu ko’nikmasi orqali fikrlarini aniqroq bayon etib beradi.
- Active Listening: Juda ko’p insonlar empatiya bilan emas, balki suhbatdoshning so’zini eshitib bo’lgandan keyin o’zini gapini aytish maqsadida narigi insonni eshitadi. Lekin shunchaki eshitish bu yumshoq ko’nikma hisoblanmaydi. Empatiya bilan tinglash – mana bu haqiqiy ko’nikma. Qarshi tomondagi insonni fikrlarini to’liq tushunish va mavzuda bo’lish suhbatdoshni ham mamnun qiladi va tinglanayotganini his qiladi.
- Critical Thinking: Tanqidiy fikrlash bugungi kunda eng muhim ko’nikmalardan hisoblanadi. Ko’r-ko’rona hamma narsaga tekshirmasdan (fact-checking), mulohaza qilmasdan xulosa chiqarib yuborish insonni ko’p xatolar qilishiga olib boradi. Tahlil qila olish, keraksiz ma’lumotlardan keraklilarini ajratib, mantiqli holatga olib kelish bu hamma joyda katta foyda beradi va sizni to’g’ri qaror qilishga olib boradi. Ayniqsa kiberxavfsizlik sohasida bu ko’nikma juda muhim rol o’ynaydi.
Keyingi qismda yumshoq ko‘nikmalar atrofimdagi insonlarga qanday yordam berganini (real keyslar misolida) aytib beraman.