
Kiberxavfsizlik jadallik bilan rivojlanayotgan soha hisoblanadi. Malakali va bilimli mutaxassisga ehtiyoj kundan kun ortib bormoqda. Dunyoning istalgan mamlakatiga qaramang kompaniyalar tajribali insonni qidirib yurishgan bo’lishadi. Markaziy Osiyo, xususan O’zbekistonda ham kiberxavfsizlik yo’nalishi shiddat bilan o’sayotganini ko’rishimiz mumkin. Buning isboti o’laroq Google dagi Cybersecurity Engineer/SOC Analyst Tashkent deb qidirilgan so’rovning javoblar soniga qarash yetarli.
Endi bizda hammamizni qiynaydigan savol tug’iladi. Hali ushbu sohada tajriba olmagan inson qanday qilib birinchi ishini topishi mumkin? Vakansiya ochiq, ariza qoldirilmoqda, lekin kompaniyadan hech qanday javob yo’q. Bugun shu haqida biroz fikr bildiramiz.
2023-yilda men ham bu qiyin vaziyat bilan 11 oy kurashishimga to’g’ri kelgan. Tan olib aytaman oson bo’lmagan. O’sha paytda menda kiberxavfsizlik sohasida biroz tajriba va kichkina loyihalarim bor edi. CV ni yaxshi qilib yasaganman va boshida birdaniga 3 ta intervyuni qo’lga kiritishga erishganman. Ularni hammasidan yiqilganimdan so’ng, o’sha eski CV bilan yana 5 oy ish qidirib turli xil korxonalarga ariza topshirib yurganman. Lekin afsuski hammasidan rad javobi kelardi…
Berlinda Software Engineer bo’lib ishlaydigan do’stim shu paytgacha birorta ham intervyu ola olmaganimni bilganidan so’ng, menga CV ni qaytadan ko’rib chiqish va yangidan yasash fikrini aytdi. Yangilangan CV bilan yana ishlarga ariza tashlashda davom etdim va bir nechta intervyularda qatnashishga muvaffaq bo’ldim. Menga soft skill larim yaxshi bo’lgani uchun HR intervyularidan o’tish oson bo’lardi. Lekin texnik qismida qiyin vaziyatlar/masalar tufayli yiqilib qolardim. Butun vaqt davomida ishga topshirish bilan birga tez-tez Job Fair va Konferensiyalarda online va offline qatnashib yurardim va korxona haqidagi flayerlarni to’plab kelib ularga email yozardim. Shunday bo’lishiga qaramasdan yana rad javoblarni katta quchoq ochib kutib olishim kerak bo’lardi…
Vanihoyat 2023-yil May oyida bir qiziq voqea yuz berdi va bundan keyin mening hayotim tubdan o’zgarib ketdi 🙂
Bu haqida keyinroq hikoya qilamiz…