
May oyiga kelib umumiy hisobda 150 ga yaqin kompaniyalarga ariza topshorib, 5 dan ortiq ortiq konferensiya va Job Fair larda qatnashgan edim. Kunlarning birida Berlinda o’qib ham full-time ishda ishlaydigan do’stim meni universitetida bo’layotgan kichik hajmdagi yopiq “Partnership Day” tadbiriga chaqirib qoldi. Odatda bu tadbir deyarli barcha universitetlarda keng ommaviy tarzda bepulga o’tkaziladi. Turli xil kompaniyalar o’qiyotgan va bitiriyotgan talabalarni ishga olish uchun tashrif buyurishadi.
Bu tadbir qolganlariga qaraganda kichikroq edi. Men ham CV imni ko’tarib borganman va bir nechta kompaniyalarning HR/Tech Leadlari bilan ish borasida suhbat qurganman. Do’stim ham ular bilan gaplashgandi, biz ularning kontakt raqamlari va LinkedIn ma’lumotlarini olgandik. Ana o’sha tadbirda Germaniyaning eng katta aloqa operatori Deutsche Telekom ham qatnashayotgandi. Bu biz tashrif buyurgan eng oxirgi korxona edi. Biroz suhbatlashib korxona va bo’sh ish o’rinlari mavjudligi haqida surishtirib, HRni saytda vakansiya yo’q bo’lsada hamkasblari bilan bo’sh ish o’rni haqida so’rab ko’rishiga ko’ndirgandik. U menga 3-4 kundan keyin LinkedIndan aloqaga chiqishimni so’ragandi va men unga CV imni jo’natib yuborgandim.
31-may kuni menga interview haqida email keldi. Lekin menda universitetda dars borligi uchun bir hafta keyinroqqa ko’chirishimizga to’g’ri keldi. 6-iyun kuni Telekom kompaniyasining 3 ta a’zosi, Team Lead, Software Engineer va HR, bilan intervyu o’tkazdik. Ular asosan dastur xavfsizligi ba cryptography haqida savollar va misol caselar berishdi. Baxtga ko’ra universitetda olingan bilimlar interyuda yaxshigina asqotgani tufayli savollariga javoblarim bilan ularning yuziga tabassum olib kelishga erishishga muvaffaq bo’ldim. 2 kundan keyin email orqali xat keldi va menga bu kompaniyaga ishga kirish nasib etdi. Shunday qilib birinchi professional ishimni iyun oyida qo’lga kiritdim va oradan deyarli 2 oy vaqt o’tkandan so’ng, 15-avgustda Telekom kompaniyasida Cybersecurity Analyst bo’lib ishni boshladim😎
Xulosa qilib shuni ayta olamanki, men bosib o’tgan yo’l uzun va davomiy bo’ldi. 11 oylik kutuv, 100+ dan ortiq arizalar, 5+ Job Fair va konferensiyalardan so’ng ishga kirishga muvaffaq bo’ldim.
Avval ilm olishdan boshlang, kurslar o’qing, sertifikatlar oling. Foundationni yaxshi o’rganing. Loyihalar qiling va yaxshi CV tayyorlang. Job Fair va online/offline konferensiyalarda qatnashing. Networking qiling va yangi tanishlar orttiring. Kiberxavfsizlik sohasini yaxshi niyatda professional bo’lish uchun o’rganing. Zeroki, bitta kichik e’tiborsizlik bilan qilingan xato sizga juda qimmatga tushishi mumkin. Doim ethical bo’ling. Faqat O’zbekiston bilan cheklanmay, Markaziy Osiyo, O’rta Sharq, Yevropa va Shimoliy Amerikadagi masofaviy ishlarga ham ikkalanmay topshiravering. Qilib ko’rmaguningizcha qanday natija bo’lishini hech qachon bila olmaysiz.
Stay curious, consistent, and positive!