
Demak konferensiyalar haqida davom etamiz. Men qachonki biror konferensiya bormoqchi bo’lsam, avvalambor uning studentlar uchun imkoniyatlari bormi yoki yo’qligin tekshiraman. Chunki ba‘zi konferensiyalarda ma’lum toifadagi insonlar uchun tadbirga bepul kirish imkoniyati mavjud. Ular jumlasiga jurnalistlar, PR, talabalar, delegatlar, sponsorlar, spikerlar va boshqalar. Bakalavr bosqichida o’qib yurgan paytimda menda doim kiberxavfsizlik olamida juda mashhur va taniqli bo’lgan “Black Hat” konferensiyasiga qatnashish istagi bo’lardi, lekin narxi qimmatligi va qanday borish yo’llarini bilmaganligim tufayli u menga orzu edi. Black Hat juda hurmatli konferensiya bo’lib u yerga butun dunyodan sohaning turli yo’nalishlaridan, ayniqsa kuchli Red Teamer va Pentesterlar tashrif buyurishadi. Spiker presentatsiyalar qilib eng oxirgi hujum usullari va APT guruhlar qanday qilib tashkilotni buzib kirganligi haqida sessiyalar bo’lib o’tadi. Dunyodagi kuchli researcherlar hujumlarni qanday aniqlagani, yangi hujumlarni o’ylab topgani haqida slaydlari bilan gapirib berishadi. Undan tashqari tadbirda yopiq pulli darslar, networking zona, exhibition zona, arsenal zona va CTF zonalar tashkil etilgan bo’ladi. Haqiqatan juda jiddiy va amaliy konferensiya hisoblanadi. Har yili turli xil mintaqalarda ma’lum bir vaqtda o’tkazilib kelinadi. Masalan, AQSH, Kanada, Yevropa, Osiyo, O’rta Sharq va boshqa joylarda tashkil qilinadi.
Shunday qilib 2024 yilning Avgust oyida Berlinda Software Engineer bo’lib ishlaydigan do’stim menga Black Hat Europe 2024 konferensiyasi haqida link ulashib qoldi. Unda naqd €2000 turadigan biletni studentlar scholarship (grant) yutish orqali qo’lga kiritishi mumkinligi yozilgandi. Albatta u student biletida Business Hall va boshqa ba’zi qulayliklari cheklangan, lekin eng muhimi Briefinglarga kirish va boshqa afzalliklari mavjud edi. Men darhol registration qismiga o’tdim va nimalar qilinishi kerakligini o’qib chiqdim. Registration qismida bir qancha savollar, motivational letter yozishim kerakligi va oldingi bo’lib o’tgan tadbirlarda aynan qaysi sessiyalar yoqqanligi v anima uchun yoqqanligini sabablarini tushuntirib kattagina insho yozib berish kerak edi. Yana bir muhim jihatini aytishim lozimki, bu scholarship faqat tanlangan talabalarga beriladi, ya’ni soni cheklangan.
Men vazifalarni bajardim va arizani jo’natib emailimga e’tibor bermagan holda kutish rejimiga o’tdim. Noyabr oyida menga Scholarship yutganligim haqida xabar keldi va men bu yangilikni o’qishdan boshim osmonga yetgandi. Men nafaqat Black Hat Europe ga grant yutganligim, balki boradigan mamlakatim men uchun katta maqsadlardan biri bo’lgani uchun ham bu hodisa meni juda xursand qilgandi. Negaki, Black Hat Europe Buyuk Britaniyaning poytaxti Londondagi Excel London konferensiya uyida tashkil etilgandi. Bu men uchun birinchi marta haqiqiy kuchli va jiddiy formatdagi konferensiya va megacityga tashrif buyurish edi. 3 kunlik tajribali kiberxavfsizlik mutaxassislari, kuchli hackerlar, soha yetakchilari va like-minded (o’xshash fikrlaydigan) insonlarni orasida yurish menga yangi tanishlar orttirish, sohaga doir eng oxirgi va yangi bilimlarni egallash, yangi texnologiylar bilan tanishish va madaniy tajriba olish imkoniyatini taqdim etdi. Xullas full yangi tajribalar bilan uyga qaytgandim…
Keyingi qismda sizlar bilan Black Hat konferensiyasiga doir bir qancha lavhalar, foydali manbalar va yo’l-yo’riqlar haqida so’zlab beraman.