Va’da qilinganidek, bugun sizlar bilan yumshoq ko’nikmalar haqidagi mavzuimizni davom ettiramiz.
Mening Muhsin degan kursdoshim bor. Gapga chechan, ijodkor, dunyo qarashi juda keng, tajribali va sohada ham yaxshi bilimga ega bola. Kuchli bola va yumshoq ko’nikmalari yaxshi bo’lishiga qaramay, kiberxavfsizlik sohasida ish topishga ancha vaqt ketgazkan inson.

LinkedIn va turli xil boshqa ish topish platformalaridan ishlarga topshirib ko’rgan va afsuski ish topa olmagan. 2025-yili u bilan ITSA-2025 Cybersecurity Expoga tashrif buyurdik. 12000+ dan ortiq kompaniyalar tashrif buyurishgan edi.
Unga qanday qilib kompaniyalar bilan gaplashish kerakligi haqida maslahatlar bergandim va u ishlarga topshiraverib charchab ketganidan oxiri Expoda maksimum harakat qilib ish topishni maqsad qilgandi. Men ham unga yordam berish maqsadida ko’p kompaniyalar bilan gaplashib, HR va Team Lead larining kontakt ma’lumotlarini yig’ishga kirishgandim.
2 kun davomida ko’plab odamlar bilan gaplashib, ish imkoniyatlari haqida batafsil o’rganganimizdan so’ng, uyga qarab yo’l olayotgan paytimizda 1 ta yosh kompaniya unga qiziqish bildirib qolganligini va u bilan intervyu belgilaganligini aytib qoldi.
Oradan 1 oy o’tkandan so’ng, u o’sha kompaniyada ishlashni boshladi. Shunda men unga jarayon qanday yuz berganini aytib berishini so’radim. U aytdiki: “Men topshirayotgan ishimga kuchli xohishim borligi, motivationim yuqori ekanligi, ular qanday texnik vazifa aytsa men chiroyli qilib yangi g’oyalar keltirib kompaniya rivoji uchun bor qobiliyatimni ishlatishga harakat qilishimni aytdim va ular meni ko’zimdagi yonayotgan olovni ko’rib menga imkon berishga qaror qilishdi.” – deb aytib bergandi.
Anashu lahzada men undan ham ko’proq xursand bo’lgandim. Sababi u yumshoq ko’nikmalari kuchli bo’lishiga qaramay, kompaniya odamlari bilan gaplashishga tortinardi. To’g’ri yondashuv va ba’zi maslahatlar orqali u bu ishni qo’lga kiritishga erishgandi.
Ko’rib turibsizki, yumshoq ko’nikmalar: muomala madaniyati, odamlarni ishontirish qobiliyati, biror narsaga kuchli xohish borligini to’g’ri ko’rsatib bera olish va o’zizdagi bilimlarni ko’rsatgan holda o’zingizni sota olish ko’nikmasi, faqat texnik bilimi bor nomzoddan o’tib ketishingizga katta hissa qo’shadi va biror bir maqsadga erishishda muhim rol o‘ynaydi.
Keyingi qismda o’zimning bosib o’tgan yo’lim haqida hikoya qilib beraman.